So'nggi yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 21,0 % ni tashkil etdi yoki 982,8 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2021-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 123,2 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 502,1 mln. dona ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari uchun shisha idishlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 107,1 % ni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 117,8 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,7 % ini tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022- yil 1-dekabr holatiga koʻra faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) soni 22 731 tani tashkil etib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,9 barobarga oshgan. Ularning soʻnggi yillarda oʻsish dinamikasi quyidagi koʻrinishda aks etdi:

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpag‘iston Respublikasida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 2043,3 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 28,9 % ini tashkil etdi va o‘sish sur’ati esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 124,7 % ni tashkil etdi.

2022-yilning noyabr oyida mehmonxona xizmatlari narxlari oktabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 1,1 % ga oshgan.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 1,0 mlrd. AQSH dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 3 660,3 ming tonna chaqiq tosh ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 2,3 martani tashkil etdi.

2022-yilningyanvar-noyabr oylarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 4675,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 108,0 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining import hajmi 215,5 mln. AQSh dollarini va 2021- yilning mos davriga nisbatan 100,7 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijga qiymati 17,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 18,1 ming tonna anor eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida tayyor buyumlarni ishlab chiqarish sanoatining sanoatdagi ulushi 0,5 % ni, fizik hajm indeksi 110,2 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 70,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida  Qoraqalpog‘iston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 15,4 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 3,9 % ga o‘sgan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi 2116,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Benzin narxlari noyabr oyida oktabr oyiga nisbatan 2,2 % ga arzonlashgan.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga 6 ta xorijiy davlatdan qiymati 3,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 5,1 ming tonna kivi import qilingan.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 60,7 % ni, fizik hajm indeksi 102,4 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 8335,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 4762,4 ming so‘mga yetdi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylari yakuni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 550,4 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 35,9 mln. AQSh dollariga yoki 93,9 % ni tashkil etdi.