So'nggi yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023- yilning 1-fevral holatiga kichik tadbirkorlik subyektlari soni:

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yil 1- mart holatiga respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13 161 tani tashkil etgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 3,1 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 698 tonna kofe import qilgan.

Joriy yilning fevral oyida olma narxlarining oʻrtacha darajasi 2022-yilning fevralidagi koʻrsatkichdan 23,7 % ga arzon boʻlganligi kuzatildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3,5 ming nafar tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

2023 yilning 1-yanvar holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi maktablarda 363 299 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 841,5 mlrd. so‘mga yetdi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023-yilning 1-fevral holatiga kóra tumanlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni:

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023-yilning yanvar oyida Qoraqalpoq‘iston Respublikasi korxonalari tomonidan 1144,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 68,0 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar oyida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 388 tani tashkil etgan bo‘lib, so‘nggi yillarning mos davrida  ular sonining o‘zgarishi quyidagicha bo‘ldi:

Joriy yilning fevralida sarimsoq oʻtgan yilning fevraliga nisbatan 28,8 % ga arzon boʻlgan. Shu bilan birga, 2023-yil fevral oyi davomida uning narxida oʻsish (2,7 %) kuzatildi.

2022-yilda Toshkent shahridan respublikaning boshqa hududlariga doimiy yashash maqsadida koʻchib ketganlar soni 9703 kishini tashkil etgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, banan narxi 2023-yil yanvar oyidagi 0,2 % lik oʻsishdan soʻng fevral oyida 1,6 % ga arzonlashdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 149,2 tonna tvorog va pishloqlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 25,9 % ga oshgan.

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan nodavlat umumta’lim tashkilotlari soni jami 194 tani tashkil etgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar oyida 6 ta xorijiy davlatdan qiymati 13 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 389 dona elektromobil import qilgan. Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 266 taga oshgan. O‘zbekiston yanvarda eng ko‘p elektromobil import qilingan davlatlar: