So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 710-son Qaroriga muvofiq, 2022- yilning 1-31 avgust kunlari respublikamizning barcha hududularida aholi punktlarida turar joylar va binolar ro‘yxatini tuzish hamda registratorlik hududining sxematik rejasiga aniqlik kiritish maqsadida registratorlar ishga jalb qilinishi belgilangan.

2022- yilning 29- iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi  statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida respublikaning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 223,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2021/2022 o‘quv yili boshida jami oliy ta’lim tashkilotlari soni 154 tani tashkil etib, ulardan 808,4 ming nafar talaba tahsil olmoqda.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 4,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 6,3 ming tonna bodring eksport qilgan.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yil yanvar-iyun oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 10,6 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 124,7 % ni tashkil etgan.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yil yanvar-iyun oylarida ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 1,0 % ni, uning fizik hajm indeksi esa 132,6 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, ichimlik mahsulotlari ishlab chiqa- rishning ulushi 1,3 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi esa 107,3 % ni va ishlab chiqarish hajmi 101,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida respublikaning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 16,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 67,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yil yanvar-iyun oylarida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 11,0 % ni, uning fizik hajm indeksi esa 92,9 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi    13,3 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi esa 4,1 % ga o‘sgan va ishlab chiqarish hajmi 1013,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi masʼul xodimi Q.Saparov tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasida uy-joylar roʻyxatini tuzish uchun jalb qilinadigan xodimlar (registratorlar)ni maxsus oʻqitishni tashkil etish masalalariga bagʻishlangan seminar tashkil qilindi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakuni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 303,6 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 28,7 mln. AQSh dollariga yoki 91,4 % ni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 2022-yilning yanvar-iyun oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 4439,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 7,8 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston 2022- yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 395,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 16,3 ming dona avtomashinalar import qilgan.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 6 674,4 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 % ga yuqoridir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022- yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan 7 ming 314 ta nikoh qayd etilgan.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respubliksi boʼyicha 18,8 mingta bola tugʼilganligi qayd etilgan boʼlib, 2021- yilgning mos davriga nisbatan 2,0 ming kishiga ko‘paygan.

Oʻzbekistonga 2022- yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 94,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 330 910 dona mobil telefon import qilingan.