2025-yil yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 82,5 mln dona tuxum yetishtirildi. O‘sish sur’ati 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 100,3 % ni tashkil etdi.
Tuxum yetishtirish koʻrsatkichlarini xoʻjalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, tuxum yetishtirishning eng katta hajmi – 67,9 mln dona dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.