Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-dekabr holatiga O‘zbekistonda 405,5 mingta tijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.
Ulardan 318,3 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) bo‘lib, bu umumiy korxonalar sonining 78,5 foizini tashkil etdi.
Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar soni quyidagicha:
Mas’uliyati cheklangan jamiyat – 318 313 ta (78,5 %);
Xususiy korxonalar – 46 996 ta (11,6 %);
Oilaviy korxonalar –36 292 ta (8,9 %);
Aksiyadorlik jamiyati – 639 ta (0,2 %);
Boshqalar – 3 283 ta (0,8 %).




