Joriy yilning 12-dekabr kuni Shumanay tumani obodonlashtirish boshqarmasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazishga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘quv-seminar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A. Masheripova hamda Shumanay tuman statistika bo‘limi boshlig‘i B. Xojantaev tomonidan tashkil etildi.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 629-sonli qarorining mazmun-mohiyati, huquqiy ahamiyati va amaliy jihatlari atroflicha tushuntirildi.
Shuningdek, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning asosiy maqsadlari, ushbu jarayonning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga ta’siri, ishonchli statistik ma’lumotlarni shakllantirishdagi o‘rni hamda huquqiy asoslari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
O‘quv-seminar yakunida ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan keng qamrovli va asosli javoblar berildi.





