Joriy yilning 12- dekabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi o‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mutaxassisi M. Alimbaev Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti professor-o‘qituvchilari va fakultet talabalari uchun “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mutaxassisi M. Alimbaev aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.





