Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida jami 21,4 ming nafar Ozarbayjon fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,9 ming nafarga oshgan.
Mazkur davrda O‘zbekistonga kelgan Ozarbayjon fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
sayyohlik – 13 950 nafar;
xizmat yuzasidan – 1 887 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash – 5 567 nafar;
o‘qish – 29 nafar;
tijorat – 6 nafar;
davolanish – 10 nafar.




