13/01/2026

Majlisda Vazirlar kengashi raisining 1-o'rinbosari N.Erlepesov va Respublikamiz hududida faoliyat yuritayotgan korxona, vazirlik va tashkilotlar rahbarlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdilar. Shuningdek, tuman va shahar hokimliklari, idora va tashkilot rahbarlari majlisda Zoom platformasi orqali onlayn qatnashdilar.

Majlis davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazishga sanoqli kunlar qolganligi alohida ta’kidlanib, ushbu jarayonni belgilangan muddatlarda, sifatli va tashkiliy jihatdan puxta amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, majlisda har bir vazirlik, idora va tashkilot rahbarlariga ro‘yxatga olish tadbirlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mas’ul xodimlarni belgilash, zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda belgilangan vazifalarning so‘zsiz ijrosini ta’minlash bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi. Aholining ushbu jarayonga faol jalb etilishini ta’minlash, tushuntirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarurligi alohida qayd etildi.

Majlis yakunida ro‘yxatga olish tadbirlarini yuqori darajada o‘tkazish barcha rahbarlarning shaxsiy mas’uliyati ekanligi ta’kidlanib, berilgan topshiriqlar ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.