21/01/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–dekabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1,05 kvadrillion so‘mni tashkil etdi (norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalari hisobga olingan holda).

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 14,7 % ga oshdi.

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi yillar kesimida quyidagicha (yanvar- dekabr):

2025-yil — 1 050,3 trln so‘m

2024-yil — 840,1 trln so‘m

2023-yil — 664,8 trln so‘m

2022-yil — 509,6 trln so‘m

2021-yil — 389,4 trln so‘m