Joriy yilning 23-yanvar kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish bo’yicha o’quv-seminari tashkil etildi.
O’quv-seminarda mamlakatimizda kitob oʻqish madaniyatini keng targʻib qilish, yangi nashrlar va tarjimalarni yoʻlga qoʻyish hamda aholi orasida kitobga qiziqishni kuchaytirish, kutubxonalar va taʼlim dargohlarini kasbiy va sohaviy adabiyotlar bilan taʼminlash maqsadida 2026-yil 15-yanvar kuni qabul qilingan PQ-9-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berildi.
O’quv-seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.





