29/01/2026

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari doirasida Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar o‘rtasida tanlov o‘tkazildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra har bir hududdan g‘olib aniqlandi. Shundan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani "Oltinko‘l" OFY fuqarosi Orazgul Qutimova barcha ma’lumotlarni tez va sifatli kiritib faolligi uchun g‘olib bo‘ldi.

Bugun tuman hokimligida g‘olibni taqdirlash marosimida, tuman hokimi B.Sultаnov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T.Ganiyev, o‘tkazilayotgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari va unda faol ishtirok etishning ahamiyatiga keng to‘xtaldi.

G‘olibga "Tashakkurnoma" hamda zamonaviy planshet qurilmasi topshirildi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish - vaqtni tejaydi, qulay va eng muhimi, har bir fuqaro uchun haqiqiy imkoniyatlar eshigini ochadi. So‘rovnomani aniq va to‘liq to‘ldirgan fuqaro mukofot yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.