Barchamizga ma’lumki, joriy yilning 15- yanvar sanasidan boshlab yurtimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga rasman start berilgan edi. Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan ushbu jarayonda faollik ko‘rsatib, so‘rovnomani onlayn tarzda to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirgan fuqarolar o‘rtasida tanlov e’lon qilingan edi. Tanlov natijasiga ko‘ra Kegeyli tumani “Baxıtlı” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Turg‘anbaeva Malika Barliqbaevna navbatdagi sovrindor egasi bo‘ldi.
Joriy yilning 30-yanvar kuni Kegeyli tumani hokimligida ǵolibga Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T.Ganiyev va tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Allambergenov ishtirokida tantanali ravishda tashakkurnoma hamda zamonaviy planshet qurilmasi sovǵa sifatida topshirildi.



