Xabaringiz bor, joriy yilning 15 yanvar sanasidan boshlab mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari rasman boshlandi. Ushbu jarayon doirasida Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan onlayn so‘rovnomani to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirgan fuqarolar o‘rtasida tasodifiy tanlov (random) asosida mukofot tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlov natijalariga ko‘ra, Qorao‘zak tumani “Qorao‘zak” OFY fuqarosi Mambetniyazova Paruaz Nuratdinovna g‘olib deb topilib, planshet va boshqa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T.Ganiyev va tuman hokimining birinchi o‘rinbosari B.Ayapbergenov ishtirok etib, Paruaz Mambetniyazovaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Tadbir yakunida mutasaddi soha vakillariga aholi o‘rtasida ro‘yxatga olish jarayonidagi faollikni yanada oshirish, ma’lumotlarni aniq va mas’uliyat bilan to‘ldirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.







