03/02/2026

Barchamizga ma’lumki, joriy yilning 15- yanvar sanasidan boshlab yurtimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga rasman start berilib, Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan ushbu jarayonda faollik ko‘rsatib, so‘rovnomani onlayn tarzda to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirgan fuqarolar o‘rtasida tanlov e’lon qilingan edi. Tanlov natijasiga ko‘ra Beruniy tumani “Tinchlik" OFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Aydin Ametova navbatdagi sovrindor egasiga aylandi. 

Joriy yilning 3-fevral kuni Beruniy tumani hokimligida g‘olibga tuman hokimi Ikram Xidirov ishtirokida tashakkurnoma hamda zamonaviy planshet qurilmasi tantanali ravishda topshirildi.