2025-yil yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 393,3 ming tonna donli ekinlar yetishtirildi. O‘sish sur’ati 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 115,0 % ni tashkil etdi.
Donli ekinlar yetishtirish koʻrsatkichlarini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, don ekinlari yetishtirishning eng katta hajmi – 308,4 ming tonna fermer xo‘jaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.




