2026- yil yanvar-fevral oylari yakuni bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 486,2 ming AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 2,1 % ini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 20,9 % ga ko‘paydi. Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor trikotaj kiyimlar (84,4 %), trikotaj mato (15,2 %) asosiy ulushni egallagan.




