Joriy yilning 3-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Seminarda 2026-2030-yillarda atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasining asosiy maqsadlari haqida belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida olib borilayotgan islohotlarni samarali tashkil etish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2026-yil 30-mart kungi 123-sonli qarorining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari haqida ma’lumotlar berildi.
Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.





