23/04/2026

Joriy yilning 23-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun seminar o‘tkazildi. 

Seminar davomida jamiyatda korrupsiya holatlariga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash va ularni ilmiy jihatdan tahlil etish, korrupsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurashish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi talablari hamda Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, 2025-yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PQ-288-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati, asosiy maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.