05/06/2026

Joriy yilning 5-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash orqali yoshlar uchun qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish, ularning bandligini taʼminlash, ishbilarmonlik koʻnikmalarini rivojlantirish, yosh avlodni kasb-hunar, xorijiy tillar, zamonaviy bilimlarga oʻqitish hamda ularning tadbirkorlik gʻoya va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash orqali yoshlar bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2026-yil 1-iyun kungi PQ-210-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuntirildi.

Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.