2026-yilning yanvar-aprel oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 1 399 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 495 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 191 ta
sanoat sohasida – 171 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 132 ta
qurilish sohasida – 78 ta
axborot va aloqa sohasida – 54 ta
tashish va saqlash sohasida – 46 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 25 ta
boshqa sohalarda – 207 tani tashkil etgan.




