So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 16-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

2024-jıl yanvar-iyun oylarida To‘rtko‘l tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 332,8  mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 87,4 foizni tashkil qildi.

2024-yil yanvar-iyun oylarida Qo‘ng‘irot tumanida 155,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 109,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning 1-iyul holatiga Xo‘jayli tumanida jami 153 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 21 taga ko‘paygan, Shundan: faoliyat ko‘rsatayotganlari esa 121 tani tashkil etgan.

2024-yilning 1-iyul holatiga Taxiatosh tumanida ro‘yxatga olingan xorijiy investitsiyalar va sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar  soni 10 tani tashkil qilib, Shundan: 6 ta korxona faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatdan qiymati 28,5 mln AQSH dollariga 11,6 ming tonna shokolad va shokolad mahsulotlarini import qilgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Kegeyli tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 174,0 mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,1 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar- iyun oylarida To‘rtko‘l tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 39,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 114,5 %ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Mo‘ynoq tumanida 146,2 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 116,7 % ni tashkil etgan.

2024-yilning 1-iyul holatiga Qanliko‘l tumani boʻyicha jami doimiy yashovchi aholi soni 54,1 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 0,3 ming kishiga yoki 0,6 foizga ko‘paydi.

2024-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklarida qo‘y va echkilar bosh soni 1.248,5 mingtaga yetdi.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 4 424,8 ming dona bamperlar va ularning qismlari ishlab chiqarilgan.

Aholini ro‘yxatga olish — O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida o‘tkaziladigan, belgilangan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish hamda ularga ishlov berish davriy jarayoni hisoblanadi.

Joriy yilning 15-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Bekmuratov Nukus shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi P.Omirova bilan birgalikda «Istemol narxlari indeksi» kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi va registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lmotlarni shaffof va aniq kiritilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Taxtako‘pir tumanida jami 102 ta nikoh va 15 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan bo‘lib, ajrimlar soni 2023-yilning mos davriga nisbatan 11 taga kamaygan.

2024-yilning 1-iyul holatiga Ellikqal’a tumani boʻyicha jami doimiy yashovchi aholi soni 172,2 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 1,2 ming kishiga yoki 0,7 foizga ko‘paydi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Mo‘ynoq tumani chakana savdo tovar aylanmasi 56,2 mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning shu davriga nisbatan 107,2 % ni tashkil qildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Beruniy tumani tashqi savdo aylanmasi 6,9 mln. AQSh dollarni, jumladan eksport  5,5 mln. AQSh dollarni, import 1,4 mln. AQSh dollarni, shuningdek tashqi savdo saldosi  4,1  mln. AQSh dollarni tashkil etdi.