So'nggi yangiliklar

2024-yilning 1-iyul holatiga Amudaryo tumani boʻyicha jami doimiy yashovchi aholi soni 213,7 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 1,6 ming kishiga yoki 0,8 foizga ko‘paydi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 0,9 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga nikohdan ajralishlar koeffitsiyenti 0,9 promilleni tashkil etgan hamda 2023-yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega kamayganligi kuzatildi.

2024-yil yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 140,5 ming tonna sut yetishtirildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida jami 3 530,8 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga kelgan.

2024-yilning yanvar- iyun oylarida Qorao‘zak tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 11,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 109,2 %ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar–iyun oylarida Ellikqal’a tumani tashqi savdo aylanmasi 8,7 mln. AQSh dollarni, jumladan eksport 6,2 mln. AQSh dollarni, import 2,5 mln. AQSh dollarni, shuningdek tashqi savdo saldosi 3,7  mln. AQSh dollarni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Amudaryo tumanida chakana savdo tovar aylanmasi 452,5 mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning shu davriga nisbatan 107,7 % ni tashkil qildi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Shumanay tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 182,6 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 118,4 % ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-iyun oylarida Taxiatosh tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 82,8 mlrd. so‘mni yoki 2023 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 169,0 foizni tashkil qildi.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 4 877,2 tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining yalpi hududiy mahsulot tarkibida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 52,7 % ni tashkil qilib, 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 0,2 punktga kamaygan.

2024-yil yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 43,0 ming tonna go‘sht yetishtirildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan elektrenergiya ishlab chiqarish 106,1 % ni, issiqlik energiyasi ishlab chiqarish esa 104,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan chaqaloqlar otasining yoshi bo‘yicha: 12,6 % chaqaloqlar otasining yoshi 25 yoshgacha, 78,5 % ining otasi 25-39 yoshlarga hamda 8,9 % chaqaloqlarning otasi 40 yosh va undan katta yoshdagilar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida 17,7 ming nafar Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Joriy yilning 6-avgust kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va tuman statistikasi bo‘limi xodimlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 5 650 tonna vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2024-yil 1-iyul holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1 000 aholiga 12,6 birlikni tashkil etgan.