So'nggi yangiliklar

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Nukus tumanida chakana savdo tovar aylanmasi 151,8 mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning shu davriga nisbatan 108,8 % ni tashkil qildi.

2024-yil yanvar-iyun oylarida Kegeyli tumanida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 154,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Qorao‘zak tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 358,2 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 117,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 4 623,9 mlrd. so‘mni yoki jami qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmining 96,5 % ini tashkil etdi.

2024-yil yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 31,7 ming tonna kartoshka yetishtirildi.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 674,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 91,6 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Kegeyli tumanida chakana savdo tovar aylanmasi 180,0 mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning shu davriga nisbatan 101,3 % ni tashkil qildi.

2024-yilning 1-iyul holatiga Ellikqal’a tumanida jami 241 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan faoliyat ko‘rsatayotganlari esa 200 tani tashkil etgan.

2024-yil yanvar-iyun oylari holatiga Taxiatosh tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 6,4 mln. AQSh dollariga yetdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qo‘ng‘irot tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 1 575,4  mlrd. so‘mni yoki  2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati  269,4  foizni tashkil qildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Nukus shaharida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2 864,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 4 632,9 tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 5 kishi yashaydigan uy xoʻjaliklari 22,5 % ni tashkil etmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi ombor xo‘jaligi va yordamchi transport faoliyati (6975,1 ming so‘m) da, eng past ko‘rsatkich esa pochta va kuryerlik faoliyati (2249,0 ming so‘m) da kuzatildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan tug‘ilishlarda 1 nafar va egizak tugʻilgan chaqaloqlar soni bo‘yicha tahlil etilganda quyidagi ulushga ega bo‘lganligi kuzatildi:

2024-yil yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 52,5 ming tonna sabzavot yetishtirildi.