So'nggi yangiliklar

2024- yil 1- sentabr holatiga Taxiatosh tumanida jami 959 ta subyekt, qishloq xoʻjaligida 128 ta, sanoatda 165 ta, qurilishda 86 ta, savdo sotiqda 299 ta, tashish va saqlashda 16 ta, yashash va ovqatlanishda 36 ta, aloqa va axborotlashtirishda 12 ta, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda 18 ta,  boshqalar 199 ta subyekt.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Bo‘zatov tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 38,9 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,5 % ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-avgust oylari holatiga Ellikqal’a tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 11,9 mln AQSH dollariga yetdi.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Nukus shaharining chakana savdo tovar aylanmasi 1 594,5 mlrd so‘mni yoki 2023-yilning shu davriga nisbatan 113,8 % ni tashkil qildi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Nukus tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 17,0 mlrd so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 116,2 % ni tashkil etgan.

O'zbekiston Respublikasida 2024-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, 300 816 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 14,5 trln soʻmni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Taxtako‘pir tumanida 161,9 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 % ni tashkil etgan.

Oʻzbekistonga 2024- yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 166,8 mln AQSH dollariga 12 913 ta elektromobil import qilingan.

YUNESKO statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga, xorijda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar soni 150,5 ming nafarni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasining savdo tarmog‘ida 855,4 mlrd so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,8 % ga yuqoridir.

2024- yilning yanvar-avgust oylari holatiga Taxtako‘pir tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 2,2 mln AQSH dollariga yetdi.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Mo‘ynoq tumanining chakana savdo tovar aylanmasi 46,1 mlrd so‘mni yoki 2023- yilning shu davriga nisbatan 108,3 % ni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 629,5 ming dona yengil avtomobillar uchun shinalar ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami 4 068,5 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 113,8 trln soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-sentabr holatiga, chet el investitsiyasi ishtirokida 14 562 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Chimboy tumanida 319,0 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,3 % ni tashkil etgan.