So'nggi yangiliklar

2024-jıl yanvar-mart oylarida Chimboy tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 69,5  mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 117,5 foizni tashkil qildi.

2024-yil 1-may holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha o‘zaro taqqoslanganda, mas’ulyati cheklangan jamiyatlaridan keyin ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan bo‘lib, ularning yillar kesimida dinamikasi quyidagicha:

2024-yilning yanvar-aprel oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 1 244 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Aholini roʻyxatga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yil yanvar-mart oylari holatiga Kegеyli tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 3,8 mln. AQSh dollariga yetdi.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Qorao‘zak tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 139,0 mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 121,4 % ni tashkil etdi.

2024-yilning 1-aprel holatiga Mo‘ynoq tumani boʻyicha jami doimiy yashovchi aholi soni 33,7 ming kishini tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 0,3 foizga koʻpaygan.

2024-yilning yanvar-mart oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 52,7 % ni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida axborot va aloqa sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi aloqa sohasi (7871,1ming so‘m) da, eng past ko‘rsatkich esa noshirlik faoliyati (2434,3 ming so‘m) da kuzatildi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 21,2 % ni tashkil etgan, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 9,3 % ga koʻpayib, ishlab chiqarish hajmi 867,9 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

2024-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarida otlar bosh soni 27,8 mingtaga yetdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 1 301,5 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-yil 29-apreldagi 71-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 11-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T. Ganiev, boshlig‘i o‘rinbosari S. Bekmuratov va Turizm boshqarmasi  mas’ul xodimlari bilan birgalikda “Nukus” xalqaro aeroportida 1- CHTK  va 1-KTK kuzatuvlari o‘tkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 512,9 ming dona avtomobillar uchun oʻrindiqlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 31,8  % ga oshgan.

Joriy yilning 10-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T.Ganiev va Nukus shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi P.Omirova bilan birgalikda «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining xizmatlar guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi.

O‘zbekiston Respublikasida 2024-yil yanvar-mart oylari davomida qayd etilgan nikohlarda nikohlanuvchi xotin-qizlarning o‘rtacha yoshi 23,3 yoshni, erkaklarning o‘rtacha yoshi esa 28,2 yoshni tashkil etgan.

Dastlabki maʻlumotlar boʻyicha, 2024-yilning yanvar-mart holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 59,2 %, transfertlardan olingan daromadlar 27,8 % hamda shaxsiy isteʻmol uchun oʻzida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 13 % tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga respublikamizdagi fermer xo‘jaliklarda qo‘y va echkilarning umumiy soni 3 442,3 ming boshni tashkil etdi.