So'nggi yangiliklar
27/05/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning yanvar-mart oylarida Nukus tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 30,0 mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,6 % ni tashkil etdi.
2024-yil yanvar-mart oylarida Qo‘ng‘irot tumanida 45,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 79,9 % ni tashkil etdi.
2024-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 276 tonna sabzavotlar 2023-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 11,7 % ga ko‘p yetishtirildi.
27/05/2024 • So'nggi yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi taʼlim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmida oliy taʼlim soha-sidagi xizmatlar ustunlik qilib, 2024-yil yanvar-aprel oylaridagi ulushi 69,5 foizni tashkil etdi.
2024-yilning yanvar-aprel oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining import hajmi 62,5 mln.AQSH dollarini va 2023-yilning mos davriga nisbatan 92,1 % ni tashkil etdi.
27/05/2024 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida jami yirik korxonalar tomonidan 10 613 tonna olma sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 barobarga oshgan.
Joriy yilning 24-may kuni Bo‘zatov tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi O. Zinelov tomonidan Bo‘zatov tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida Mo‘ynoq tumanining chakana savdo tovar aylanmasi 25,2 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning shu davriga nisbatan 104,0 % ni tashkil qildi.
24/05/2024 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 899,9 tonna apelsin sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 26,1 % ga oshgan.
24/05/2024 • So'nggi yangiliklar
2024-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi – 1.508,1 mlrd. so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 1 358,0 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 133,4 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 16,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
2024-yilning yanvar-aprel oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanoat korxonalari tomonidan 6719,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 108,2 % ni tashkil etdi.
24/05/2024 • So'nggi yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 17,7 % ni tashkil etdi yoki 322,5 mlrd.so‘m miqdorida qayd etildi.
2024-yilning yanvar-mart oylarida Qorao‘zak tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 5,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 118,0 %ni tashkil etgan.
24/05/2024 • So'nggi yangiliklar
2024-yilning yanvar-mart oylarida Nukus shahrida 1448,7 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111,9 % ni tashkil etgan.
2024-jıl yanvar-mart oylarida Chimboy tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 69,5 mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 117,5 foizni tashkil qildi.
24/05/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar-mart oylarida Ellikqal’a tumanida jami 361 ta nikoh va 32 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan bo‘lib, ajrimlar soni 2023- yilning mos davriga nisbatan 7 taga kamaygan.
24/05/2024 • So'nggi yangiliklar
2023-yil davomida Buyuk Britaniyadan Oʻzbekistonga 16,2 ming nafar turistlar tashrif buyurgan.
Joriy yilning 23-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari K.Omarov va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig‘i I.Narbaev bilan birgalikda Nukus shahar “Amanliq guzari” MFYga borib, hozirda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.
142-sahifa 388 dan