So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-mart oylarida jami 1,5 mln dan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Amudaryo tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 245,3  mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,2 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida To‘rtko‘l tumanida 268,9 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,1 % ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Ellikqal’a tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 14,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 114,8 %ni tashkil etgan.

2024 yilning 1 may holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida 494 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Hududlar kesimida sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi korxonalar soni:

2024-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklarida qo‘y va echkilar bosh soni 1.231,0 mingtaga yetdi.

2024-yil yanvar-mart holatiga ko‘ra, Mo‘ynoq tumanida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklarida go‘sht(tirik vaznda) mahsulotlari hajmi 288,2 tonnani tashkil etdi.

2024-yilning 1-may holatiga, tashish va saqlash xizmatlari sohasida 24 819 ta korxona va tashkilotlar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, 2023-yilning mos davriga nisbatan oʻsish sur’ati 106,3 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 2,1 mln dona bamperlar va ularning qismlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 barobarga oshgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida  Qonliko‘l  tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 153,8  mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning 1-aprel holatiga Xo‘jayli tumani boʻyicha jami doimiy yashovchi aholi soni 129,1 ming kishini tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 0,3 foizga koʻpaygan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Kegeyli tumanida jami 133 ta nikoh va 17 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan bo‘lib, ajrimlar soni 2023- yilning mos davriga nisbatan 2 taga kamaygan.

2024-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarida parrandalar bosh soni 5.022,2 mingtaga yetdi.

2024 yilning 1-may holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 16 455 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda.

2024-yil 1-aprel holatiga koʻra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida chet el investitsiyasi ishtirokida 181 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, 2023-yilning may oyiga nisbatan 13,8 barobarga oshgan.

Joriy yilning 17-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida 12 narx so‘rovnomasi boʻyicha seminar o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarmaning tarmoq hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika bo‘lim xodimlari qatnashdi.

Joriy yilning 16-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T. Ganiev Qo‘ng‘irot tumanida xizmat safarida bo‘lib, tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Koshniyazov bilan birgalikda «Istemol narxlari indeksi» kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi va registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lmotlarni shaffof va aniq kiritilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.

Joriy yilning 17-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.