So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 28-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘ining o'rinbosari А.Mambetova va Shumanay tumani statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi Bekimbetov Farxat tomonidan Shumanay tumanida yakka tartibdagi avtotransport xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 28-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun Boshqarma bosh yuriskonsulti A.Masheripova tomonidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Taxiatosh tumanida 313 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 65 taga kamaygan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Taxiatosh tumanida 976 ta tirik tug'ilish holatlari qayd etilgan bo‘lib, bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 22 ta kamaygan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Taxiatosh tumanida jami 58 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga nikohdan ajralishlar koeffitsiyenti 1,0 promilleni tashkil etgan hamda 2022- yilga nisbatan 15 taga kamaygan.

Xo‘jayli tumanida joriy yilning yanvar-sentabr oylarida umumiy hajmi 391,1 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish 9,5 %ni tashkil qilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Beruniy tumani xorijiy davlatlardan qiymati 3,2 mln. AQSH. dollari miqdorida tovarlar importini amalga oshirgan bo‘lib, o'sish sur'ati 2022-yil mos davriga nisbatan 49,2 %ni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylarining yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 1 876,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 8,1 % ga o‘sdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 6 644 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Xitoyga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

Joriy yilning 27-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining o'rinbosari K.Omarov, Nukus shahar statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi А. Fazilova tomonidan Nukus shahrida yakka tartibdagi avtotransport xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 27-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘i B. Tajibekov, Beruniy tumani statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi M. Sultanov tomonidan Beruniy tumanida yakka tartibdagi avtotransport xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazilmoqda.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida reklama va bozorni konyunkturasini oʻrganish sohasidagi xizmatlar hajmi 2 065,1 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 161,3 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Turkiyaga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

Respublikamizda 2023-yilning 1-noyabr holatiga koʻra, jami 70 914 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

2023-yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 1 264 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 223 201 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Respublikamizda 2023-yilning 1-noyabr holatiga, chet el investitsiyasi ishtrokida 13 019 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha:

2023-yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 49,6 %ni tashkil etdi.