So'nggi yangiliklar

Statistika tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda yosh xodimlarni har tamonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh va salohiyatli xodimlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan bugungi kunda qurilish metаll konstruktsiyalаri vа buyumlаri ishlаb chiqаrish korxonasiga  ekskursiya tashkil etildi.

Joriy yilning 12-yanvar kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida boshqarma xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

2024-yilning 1-yanvar holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining doimiy aholisi qariyb 2 002 668 kishini tashkil etgan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga Shumanay tumani boʻyicha jami doimiy yashovchi aholi soni 58,0 ming kishini tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 0,7 foizga koʻpaygan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 6 247 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

2024-yil 1-yanvar holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan savdo korxonalarining (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 7 569 tani tashkil etib, 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,8 barobarga oshgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-noyabr holatiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasida uy xoʻjaliklarining uy-joy turlari boʻyicha taqsimlanishi:

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 11 168,3 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida jami 5 561,1 ming nafar chet el fuqarolari qarindoshlarni yoʻqlash maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 487 tani tashkil etdi.

2024-yilning 1-yanvar holatiga savdo sohasidagi faoliyat ko‘rsatayotgan  korxona va tashkilotlar soni 7 569 ta bo‘lib, ular jami korxonalar sonining  29,2 % ulishini tashkil etadi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Mo‘ynoq tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 3,5 mln. dona tuxum ishlab chiqarildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 8 089 tonna pechenye ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 14375,2 mlrd. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlari hajmidagi ulushi 87,4 % ni tashkil etdi.

2024-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha jami doimiy yashovchi aholi soni 2 002,7 ming kishini tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,3 foizga koʻpaygan.

Joriy yilning 10-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S. Bekmuratov Xo‘jayli tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassis R.Orazimbetova bilan birgalikda «5-narx (oʻrtacha)» haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 5 257,2 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qarao‘zak tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 7,0 mln. dona tuxum yetishtirildi.