So'nggi yangiliklar

2023-yilning 1-dekabr holatiga savdo sohasidagi faoliyat ko‘rsatayotgan  korxona va tashkilotlar soni 7 571 ta bo‘lib, ular jami korxonalar sonining  29,2 % ulishini tashkil etadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotining faoliyati va uning ayollar hayotidagi o‘rni yuzasidan tadbirlar tashkil etildi.

Statistika tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda yosh xodimlarni har tamonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh va salohiyatli xodimlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan bugungi kunda eng so‘nggi chet el texnologiyalarida zamonaviy mebel ishlab chiqaruvchi sanoat korxonasiga ekskursiya tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Beruniy tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 44,8 mln. dona tuxum yetishtirildi.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 5 993 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 559,2 ming dona elektr isitgichlar ishlab chiqarilgan.

2023-yil yanvar-oktabr oylarida yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʻminlash boʻyicha xizmatlar ulushi 79,6 % bilan ustunlik qilgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida, jami 5 147,5 ming nafar chet el fuqarolari qarindoshlarni yoʻqlash maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 886,8 ming dona avtomobillar uchun oʻrindiqlar ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 15-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun boshqarma bosh yuriskonsulti A.Masheripova tomonidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

1992-yil 14-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining XI sessiyasida «Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i to’g’risida»gi Qonun qabul qilindi.

Joriy yilning 13-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida "Oʻzbekistonda statistika tizimini mustahkamlash" loyihasi doirasida Jahon banki missiyasi vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2 418,8 milliard so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 30,7 % ini tashkil etdi.

Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2187,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 107,7 % ni, uning jami sanoatdagi ulushi 14,8 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 8 786,2 mlrd. so‘mni yoki jami qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmining 95,9 % ini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5 052,9 ming dona bamper va ularning qismlari ishlab chiqarilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023-yil 1-oktabr holatiga1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 12,0 kishi to‘g‘ri kelgan.