So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning soni 42 694 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 6,3 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda joriy yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, sanoat sohasida 109 527 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,7 %ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, axborot va aloqa sohasida 10 288 ta korxona faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, joriy yilning yanvar-sentabr oyida ushbu sohada 2 271 ta yangi korxona tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 4 459,9 ming tonna koʻmir qazib olingan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 14,5 % ga oshgan.

Respublikamizda 2023-yilning 1-oktabr holatiga jami 45 725 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi. Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha:

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 005,9 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 14,0 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami  42,6 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Sho‘manoy tumani bo‘yicha olingan tuxum 2023- yilning yanvar -sentabr oylarida barcha  turdagi xonadonlar tomonidan 10 mln 173 mingta nafar tuxum ishlab chiqarildi.

2023 yil 1 oktabr holatiga Amudaryo tumanining doimiy aholisi 211 ming 120 nafar kishini tashkil qilib, shundan 107 ming 80 nafari erkaklar, 104 ming 40 nafari esa ayollardir.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 514,2 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 4,5 % ga oshgan.

2023-yil 1-yanvar holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan o‘rta tibbiyot xodimlari  soni 19 407 tani tashkil etgan.

Joriy yilning 21- oktabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasida 21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Xojayli tumanida 152,9 mlrd. sumlik qurilish ishlari bajarilgan bo'lib, osish sur'ati 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 107,0 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida tumanda 219,1 mlrd. sumlik istemol mahsulotlari ishlab chiqarilgan, o‘sish sur’ati 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 196,7 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Xojayli tumanida 345,0 mlrd. sumlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va shu qatorda o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,9 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar -sentabr oylarida Qo'ng'irot tumanida xizmatlar ishlab chiqarish hajmi 1250, 3 mlrd. so'mni tashkil etti. O'sish sur'ati o'tgan yilning mos davriga nisbatan 100, 1% ti tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qo'ng'irot tumanining sanoat ishlab chiqarish hajmi 935, 8 mlrd. so'mni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 115, 1 % ga ko'paydi.

Joriy yilning 18-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Statistika boshqarmasi boshlig‘i T.Ganiev Nukus tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi J. Sapashev bilan birgalikda «5-narx (oʻrtacha)» haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi.