So'nggi yangiliklar

2023-yilning 1-fevral holatiga tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 20 207 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlar ulushining 3,5 foizini tashkil etdi.

2023- yilning yanvar oyida, O’zbekiston Respublikasida jami 5 011,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvarida oziq-ovqat mahsulotlari guruhlari orasida yogʻlar va moylar (-0,4 %) hamdashakar, qandolat mahsulotlari va desertlar (-0,5 %) guruhidagi tovarlar narxlarida pasayish kuzatildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 42,4 ming tonna tozalangan kungaboqar yoki maxsar yogʻi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 152,1 % ni tashkil etdi.

2023-yil 1-fevral holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalarining soni 177 011 ta bo‘lib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 barobarga oshgan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlari hajmi 7 338,2 mlrd. soʻmni, 2021- yilga nisbatan oʻsish surʼati esa 107,7 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilning 1-yanvar holatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasida maktablar soni 746 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvarida mevalar va yongʻoqlar narxlari 2022-yilning dekabriga nisbatan 0,9 % ga oshdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5 481,4 ming dona bamperlar va ularning qismlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 161,7 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet va boshqalar xizmatlari)ga toʻgʻri keldi.

2023-yilning yanvar oyida makaronlar narxlari bir oyda 0,1 % ga oshgan.

2023-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 barobarga oshgan.

Joriy yilning 22-fevral kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti tomonidan Respublika suv sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi xodimlari uchun o’quv-seminari tashkil etildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida har 1000 kishiga (jismoniy shaxslarga tegishli) 95 ta yengil avtomobil toʻgʻri keladi.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasida mehnat resurslari soni 19 494,6 ming kishini tashkil etgan.

Joriy yilning 1-fevral holatiga respublikamizda 2019- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 159,1 foizni tashkil etdi. So‘nggi yillarda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning o‘sish dinamikasi quyidagicha o‘z aksini topdi:

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvarida sarimsoq piyoz narxlari bir oyda 1,4 % ga oshganligi kuzatilgan boʻlsada, 2022-yilning yanvariga nisbatan 29,5 % ga past boʻldi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 28,3 %ni tashkil etdi.