So'nggi yangiliklar
Respublikamizda 2023- yilning yanvar oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 6 075 tani tashkil etib, ularning yillar kesimida dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
Statistika agentligining ma‘lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekiston Respublikasida mehnat resurslari soni 19494 ming kishini tashkil etgan boʻlib, mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda 0,8 foizga koʻpaygan.
2022-yilda 20 yoshgacha farzandli boʻlgan erkaklar soni 1 493 nafarni tashkil etgan.
Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yil 1- yanvar holatiga 1 km2ga oʻrtacha 80,2 kishi toʻgʻri kelmoqda. Bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,6 kishiga koʻpaygan.
20/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 20-fevral kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida Boshqarmaning barcha xodimlari uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar boshqarmasi boshligʻi Z.Talipova ishtirokida oʻquv-seminari o‘tkazildi.
2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14,9 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga nikoh koeffitsiyenti 7,6 promilleni tashkil etgan hamda 2021- yilga nisbatan -0,5 promillega kamayganligi kuzatildi 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida 8,1 promille bo‘lgan.
17/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulushni telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet tarmog‘i, yo‘ldoshli aloqa xizmatlari va boshqalar) egalladi. 2022- yil yanvar-dekabr oylarida ularning ulushi 93,6 % ni tashkil etdi.
17/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida parrandalarning umumiy bosh soni - 5196,9 ming taga yetdi. 2022- yilning 1-yanvar holatiga solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda parrandalar bosh soni -141,4 ming taga ko‘paydi. 2023- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, parrandalar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami parrandalarning 77,0 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.
17/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 13502,6 mlrd. so‘mni yoki jami qishloq xo’jaligi mahsuloti hajmining 94,0 % ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 102,9 % ni tashkil qildi.
2023-yilning yanvar oyida 423,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
2022- yilda ilk farzandini dunyoga keltirgan onalar soni 280 432 kishini tashkil etgan.
17/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022-yilning fevral oyidan dekabrgacha sement narxlarida oylik nisbatda 0,2 – 1,3 % atrofida oʻsish kuzatilgan boʻlsa, 2023-yilning dastlabki oyida uning narxlari 0,1 % ga pasaydi.
16/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning yanvar oyida 5 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
16/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida xorijga qiymati 280,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 318,8 ming tonna uzum eksport qilgan.
2022- yil yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 6 499,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 100,6 % ni tashkil etdi.
16/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning yanvarida sabzavotlar narxlarining oʻzgarish surʼati yillik nisbatda 2022- yilning yanvaridagi mos koʻrsatkichga nisbatan 11,9 % foiz bandga past boʻldi.
16/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 64,9 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirishgan. Bu ko‘rsatkich 2021- yilning yanvar-dekabrga nisbatan 4,7 % ga ko‘p yetishtirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 293 (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tani tashkil etgan.
300-sahifa 378 dan