So'nggi yangiliklar
10/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar - dekabr oylarida O’zbekiston Respublikasida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining jami qurilish ishlaridagi ulushi 69,4 % ni tashkil etdi.
2023- yilning yanvar oyida karam narxlari bir oyda 2,0 % ga oshgan boʻlsa, 2022- yilning yanvariga nisbatan 26,3 % ga arzonlashdi.
10/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022/2023 o‘quv yili boshiga mamlakatimizdagi nodavlat umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 5014 nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2018/2019 o‘quv yili boshiga nisbatan 3381 nafarga oshganini ko‘rish mumkin.
10/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022-yilning yanvar-dekabr oylarida moliyaviy (129,3 %), aloqa va axborotlashtirish (125,5 %) va taʼlim sohasidagi (115,3 %) xizmatlarda yuqori oʻsish surʼatlari qayd etildi.
10/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 2023- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra 2 324 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 274 ga yoki 13,4 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasibo‘yicha nikohdan ajrashganlarning 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida 2 067 kishini, har 1000 aholiga nikohdan ajralishlar koeffitsiyenti 1,1 promilleni tashkil etgan.
2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 11148,6 tonna baliq ovlandi.
10/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5310,8 ming so‘mga yetdi.
2023- yilning yanvarida nok narxlari 2022-yilning yanvariga nisbatan 17,6 % ga past boʻldi.
2022- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 387,0 mln. dona tuxum ishlab chiqarildi.
09/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning yanvarida mosh narxlari 2022-yilning dekabriga nisbatan 1,1 % ga arzonlashdi.
2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra (12 oy davomida), Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholi jon boshiga umumiy daromadlari 13,3 mln. so‘mni, real o‘sish sur’ati esa 105,2 %ni tashkil etdi.
Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida xorijdan qiymati 3,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 6,6 ming tonna kivi import qilgan.
2023- yilning yanvarida sitrus mevalar narxlari 2022-yilning yanvariga nisbatan 11,2 % ga past boʻldi.
2022- yil yanvar-dekabr oylarida Qoraqapog‘iston Respublikasida moliyaviy xizmatlar hajmi 2228,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
09/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 8-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T.Ganiev Xo‘jayli tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi boshlig‘i A.Tajibaev bilan birgalikda 5-narx (oʻrtacha) haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo'yicha “XOJELI DIYXAN BOZORI” MCHJ ga borib narx-navolarni o‘rgandi va registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lmotlarni shaffof va aniq kiritilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.
Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 2022 yil uchun 1-kb (yillik) statistika hisobotini ESTAT 4.0 (hisobot.stat.uz) axborot tizimi orqali 2023- yilning 27- fevralidan (xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar uchun 27- martdan) kechiktirmay elektron ko‘rinishda taqdim etish belgilangan.
08/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 20,0 % ni tashkil etdi yoki 1059,0 mlrd.so‘m miqdorida qayd etildi.
303-sahifa 378 dan