So'nggi yangiliklar
2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 12 ta xorijiy davlatdan qiymati 11,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 45,6 ming tonna mandarin import qilgan.
Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 12,6 ming tonna osh tuzi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 8,1-martani tashkil etdi.
30/12/2022 • So'nggi yangiliklar
2022-yilning yanvar-noyabr oylari davomida mamlakatimizda jami 268,3 mingta nikoh holatlari qayd etilgan. Joriy yilning 11 oyi davomida eng koʻp nikoh holati oktabr oyida 36,5 mingtani tashkil etgan boʻlsa, eng kam nikoh aprel oyida 14,0 mingta qayd etilgan.
30/12/2022 • So'nggi yangiliklar
2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 109 ta davlatdan qiymati 3,2 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan.
30/12/2022 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 595,9 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 110,9 % ni tashkil etdi.
29/12/2022 • So'nggi yangiliklar
Yangi yil bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarma administraciyası va kasaba uyushmasi tomonidan kam ta’minlangan Zulayxa Dadaevaning holidan xabar olindi.
Qayd etish kerakki, sanoat tarmogʻi iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega boʻlgan tarmoqlardan hisoblanadi. 2022- yil yanvar-noyabr oylarida yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari soni, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 barobarga oshgan boʻlib, ularning soʻnggi besh yildagi dinamikasi quyidagi koʻrinishda aks etdi:
29/12/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yil 1-dekabr holatiga respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 14 978 ta boʻlib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga oshgan va ularning soʻnggi besh yilda qanchaga koʻpayib borganligini quyidagida koʻrishimiz mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 30,8 mln. m² gilam ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 107,7 % ni tashkil etdi.
29/12/2022 • So'nggi yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi tomonidan Mo‘ynoq tumani “Qazaqdarya”, “Uchsay”, “Madeli” OFYlarida kam ta’minlangan oilalar o‘rganib chiqildi.
2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga xorijdan qiymati 5,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 8,4 ming tonna apelsin import qilingan.
29/12/2022 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 4,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 4,1 ming tonna limon eksport qilgan.
28/12/2022 • So'nggi yangiliklar
2021/2022- yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha oliy taʼlim tashkilotlarini bitirgan talabalar soni 6475 nafarni tashkil etgan.
Oʻzbekistonda 2022-yil yanvar-noyabr oylarida jami 1 125 dona avtobus ishlab chiqarilgan.
Tashkiliy huquqiy shakli bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 2022- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra 17 639 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 471 ga yoki 16,3 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.
Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 151 tani tashkil etib, ular tomonidan 334,9 mln. AQSh dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi (2021- yilning mos davriga nisbatan 90,0 % ni tashkil etdi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.
28/12/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-noyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.
2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston qiymati 43,4 mln. AQSH dollariga teng 71,6 ming tonna xurmo eksport qilgan.
320-sahifa 388 dan