So'nggi yangiliklar

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʼyicha 681 760 ta tirik tugʼilish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida respublika bo‘yicha 197013 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Joriy yilning 7-oktabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish bo’yicha targʻibot tadbiri tashkil etildi.

2022- yilning 1-yanvar holatiga respublikamizdagi doimiy aholi soni 35,3 mln. kishini tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 77,4%ni tashkil etdi.

Olma ketma-ket to'rtinchi oy arzonlashmoqda. Joriy yilning sentyabr oyida olma narxlari bir oy ichida 4,6 foizga arzonlashdi. Shu bilan birga, joriy yilning dastlabki to'qqiz oyida olma narxlari o'rtacha 21,4 foizga kamaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning avgust oyida yirik sanoat korxonalari tomonidan 61,4 ming tonna shakar ishlab chiqarildi.

2022- yil 1- sentabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida savdo sohasidagi korxona va tashkilotlar soni 6 994 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,2 % ga oshdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 34 ta yangi tashkilot tashkil etilgan, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan  2 taga yoki 94,4 %ga kamaygan.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy turlari orasida joriy yilning sentyabr oyida bir oy ichida narxlarning o'sishi bo'yicha yetakchi pomidor bo'lib, 2022- yilning avgustiga nisbatan 36,0 foizga oshdi.

2022- yil sentabr oyida meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy turlaridan limon o'tgan oyga nisbatan 8,0 foizga arzonlashdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 79,1 tonna daftar ishlab chiqarilgan boʻlib, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 168,9 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida 13 ta davlatga qiymati 22 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan.

2022- yil yanvar-iyun oylarida respublikamizda jami 971,9 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 3471,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 105,5 % ni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2022- yil 1- sentabr holatiga ko‘ra 182 tani tashkil etib, ulardan 181 tasi yoki 99,4 % faoliyat ko‘rsatmoqda. 2022- yilning yanvar-avgust  oylarida 9 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi.

2022-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatga qiymati 20,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 53,5 mingta kondicioner eksport qilgan.

2022-yil yanvar-iyun oylarida respublikamizda jami 1 617,0 ming tonna kartoshka yetishtirilgan.