Joriy yilning 2-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar ishlari boshqarmasi majlislar zalida Statistika boshqarmasi ma’sul xodimlari tomonidan yillik statistik hisobotini muddatida va sifatli taqdim etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
Siminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Qurilish Vazirligi, Buyurtmachi tashkilotlar va 200 taga yaqin qurilish hamda loyihachi korxonalari ishtirok etishdi.
Ushbu seminarda yillik davlat statistika hisobotlarini o‘z vaqtida, to‘g‘ri to‘ldirish va sifatli taqdim etish, mavjud kamchiliklarni muhokama qilinib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif, uslubiy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Seminarlar davomida ishtirokchilar E-Stat 4.0 elektron dasturidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan ham batafsil tanishtirildi.
Axborot xizmati