08/04/2024

    Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – toʻqimachilik tolasini tayyorlash va yigirish, shuningdek, toʻqimachilik gazlamalarini va tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, toʻqmachilik mahsulotlariga va kiyimlarga bezak berish, kiyimlardan tashqari tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi. 2024-yilning yanva-fevral oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 21,0 % ni tashkil etgan, o‘tgan yilning tegishli davriga nisabatan fizik hajm indeksi 9,5 % ga koʻpayib, ishlab chiqarish hajmi 536,8 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

 

Axborot xizmati