16/04/2024

    2024-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda 1 km. kv. yer maydoniga oʻrtacha 82 nafar doimiy aholi soni toʻgʻri keladi. Bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda oʻrtacha 1,8 kishiga ortgan (2023-yil 1-yanvar holatiga 1 kv. km.ga 80,2 kishi). 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36,8 mln. kishini tashkil etmoqda. Jumladan: shahar joylarda – 18 768,5 ming kishi; qishloq joylarda – 18 031,3 ming kishi.

Axborot xizmati