16/04/2024

    Joriy yilning 8–14-aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tomonidan  “Xon atlas – 2024” festivali oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Shu kuni yurtimizdagi turli tashkilot, idora va oʻquv maskanlarida xotin-qizlar qadriyatlarimizni eʼzozlagan holda xon atlas kabi milliy liboslarimizni kiyib, festival maqsadlarini qoʻllab-quvvatlashadi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Statistika boshqarmasi  Xotin-qizlar masalalari bo’yicha boshlang’ich tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan “Xon atlas –2024” festivalida boshqarmada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ham faol qatnashdi.

 Axborot xizmati