18/04/2024

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Statistika kengashining 2024-yil 22-martdagi 1-son bayoniga berilgan ustuvor vazifalar ijrosini, jumladan, yuridik shaxslar hisobini yuritishda o‘zaro ma’lumotlar bir xilligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasida tuzilgan ishchi guruh bilan joylarga chiqgan holda o'rganishlar olib  borilmoqda.

Xususan, Statistika agentligining Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i N.Sheraliyev hamda boshqarma hodimlari ishtirokida Qoraqalpog'iston Respublikasida ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuv doirasida ishchi guruh tomonidan yuridik shaxslar faollik holati yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilishi belgilab olindi.

 

Axborot xizmati