26/04/2024

    Joriy yilning 26-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari S.Bekmuratov va K.Omarovlar rahbarligida statistika bo‘limi xodimari uchun seminar tashkil etildi.

Seminarda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassis A.Abdiganiev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 2017-yil 3-yanvar kungi O‘RQ-419-sonli Qonuni hamda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" PQ-81-son qarori va 2024-yil 4-martdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" PQ-114-son qarori ijrosini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimida taʻminlash hamda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishni samarali tashkil etish maqsadida 2024-yil 24-aprel kungi 50-sonli buyruqning mazmun-mohiyati va ahamiyati, shuning bilan birga, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini  ta’minlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanishi, keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan muhim tashkiliy-huquqiy islohatlar to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.