2025-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklarida qo‘y va echkilar bosh soni 1 248,5 mingtaga yetdi. O‘sish sur’ati 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 101,4 % ni tashkil etdi.
Qo‘y va echkilar bosh sonini xoʻjalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta hajmi 1 048,7 ming bosh dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.