2025-yilning 1-may holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat olib borayotgan tijorat korxonalari soni 1 112 tani tashkil etdi.
Ular quyidagicha taqsimlangan:
Yirik ovqatlanish korxonalari – 1 ta
Kichik korxonalar va mikrofirmalar – 1 111 ta
2025-yilning yanvar-aprel oylarida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 3 trillion 635 milliard so‘mga yetdi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 111,0 % ga o‘sdi.
Shuningdek, umumiy savdo aylanmasining 99,9 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.