Joriy yilning 19-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy statistika tizimi mutaxassislari malakasini oshirish hamda sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali yuqori samaradorlikka erishish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2026-yil 13-mart kungi PQ-103-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuntirildi.
Qarorga ko‘ra, ushbu qarorning maqsadi etib milliy statistika tizimi mutaxassislari malakasini oshirishda oʻqitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish va xorijiy tajriba asosida statistika uslubiyotini takomillashtirish, har ikki yilda 3 ming nafar milliy statistika tizimi mutaxassislarini oʻqitib borish imkonini yaratish, yashirin va kreativ iqtisodiyotni baholash maqsadida statistika metodologiyasini takomillashtirish, milliy statistika tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish, innovatsion yechimlarni qoʻllagan holda koʻrsatilayotgan raqamli xizmatlar hajmini 2 barobarga oshirish belgilanganligi tushuntirildi.
Shuning bilan birga, qarorda Milliy statistika qoʻmitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari haqidagi ma’lumotlar berildi.
Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.





