Joriy yilning 19-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminari o‘tkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat korxonalarida autsorsing xizmatlarini tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2026-yil 12-iyun kungi 306-sonli Qarorning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.





